GEO / AI qidiruv

Mijozingiz endi sun'iy intellektdan so'ramoqda. Javobda siz bormisiz?

Mijoz endi savolini qidiruv qatoriga emas, sun'iy intellektga yozmoqda. Javob qaytganda unda brendingiz manba sifatida turishi kerak. Biz aynan shu ehtimolni oshiramiz — va har oy o'lchab, raqam bilan ko'rsatamiz.

ChatGPTQidiruv rejimi bilan
PerplexityManbali javob tizimi
AI OverviewGoogle'ning AI xulosasi

Nimani tekshiramiz

AI yordamchi sizni tilga oladimi-yo‘qmi — shu to‘rt qatlamga bog‘liq.

  • AI botlarga ruxsatrobots.txt, Cloudflare va server qoidalari saytni GPTBot, Google va Perplexity’dan yopmaydi.
  • Brend va sxemaKompaniya, xizmatlar, manzil va odamlar bitta Schema.org grafida bog‘langan.
  • Iqtibos qilinadigan javobSahifalar mijozning haqiqiy savoliga qisqa va tekshiriladigan javob beradi.
  • Brend tilga olinishiAI manba oladigan ma’lumotnomalar, xaritalar, reytinglar va OAV.
Aniq javob

GEO nima va klassik SEO'dan farqi nimada?

GEO (Generative Engine Optimization) — ChatGPT, Perplexity, Gemini va Google AI Overview kabi generativ javob tizimlari savolga javob tayyorlayotganda sizning sahifangizni manba sifatida ishlatish ehtimolini oshirish ishidir.

Klassik SEO'da maqsad — reyting: foydalanuvchi ro'yxatni ko'radi va bosadi. GEO'da esa maqsad reyting emas, javobning ichida turishdir. Javob tizimi javobni bitta sahifadan emas, bir nechta manbadan yig'adi; shu sababli "AI'da 1-o'rin" degan pozitsiya yo'q, "keltirilgan manbalardan biri bo'lish" bor.

  • Maqsad: reyting emas, javob ichida manba sifatida keltirilish.
  • Javob bir nechta manbadan yig'iladi; qat'iy "birinchilik" pozitsiyasi mavjud emas.
  • Iqtibos olinishi uchun kontent ko'chirib olinadigan tuzilmada bo'lishi kerak: aniq javob bloki, ta'rif, jadval, savol-javob.
  • Texnik tomon: AI botlarining saytga kirish siyosati (robots.txt), llms.txt va entity/schema belgilash.
  • GEO SEO o'rnini bosmaydi; SEO va Mahalliy SEO bilan birga uchta alohida ehtiyojdir.

Halol ramka: Hech bir agentlik sun'iy intellekt javoblarida ko'rinishni kafolatlay olmaydi. Google strukturalangan ma'lumot qidiruv natijalarida ko'rinishni yoki reytingni kafolatlamasligini ochiq aytadi; generativ javob tizimlari ham manbani o'z modellari asosida tanlaydi. Bizning ishimiz kafolat berish emas — iqtibos olinish ehtimolini oshirish va natijani o'lchanadigan qilishdir.

Taqqoslash

SEO, Mahalliy SEO va GEO bir xil narsa emas

Uchalasi turli yuzada, turli signallar va turli o'lchov bilan ishlaydi. Sizga qaysi biri kerakligini quyidagi jadvalda ko'rasiz.

Jadval 1 — SEO vs Mahalliy SEO vs GEO / AI qidiruv

MezonSEOMahalliy SEOGEO / AI qidiruv
MaqsadOrganik reytingda ko'tarilishXaritada va "yaqinimda" qidiruvlarida topilishYaratilgan javob ichida manba bo'lish
Asosiy yuzaGoogle va Yandex organik natijalariGoogle Biznes Profili, Google Maps, Yandex XaritalarChatGPT, Perplexity, Gemini, Google AI Overview
Birlamchi signalKontent sifati, havolalar, texnik SEONom-manzil-telefon mosligi, sharhlar, joylashuvEntity aniqligi, iqtibos olinadigan tuzilma, bot kirishi
O'lchovReyting, bosish, organik trafikQidiruvda ko'rsatilish, yo'nalish, qo'ng'iroqMention ulushi, citation ulushi, AI referral
Bosish kutilmasiYuqoriYuqori (qo'ng'iroq va yo'nalish)Past — foydalanuvchi ko'pincha javobda qoladi
Birinchi natija muddatiOdatda 2-3 oyOdatda 4-8 haftaOdatda 4-12 hafta, so'rovga qarab
Kimga birinchi navbatdaOrganik trafikka bog'liq har qanday biznesJismoniy manzili bor bizneslarMurakkab va uzoq qaror jarayonli xizmatlar hamda B2B

Muddatlar 101digital'ning amaliy tajribasiga asoslanadi; soha, raqobat va sayt tarixiga qarab o'zgaradi.

GEO xarita SEO emas. Google Maps / «yaqinimda» — Mahalliy SEO. GEO — ChatGPT, Perplexity, Gemini va AI Overview javobida manba bo'lish. AI Overview o'rni kafolatlanmaydi; o'lchov citation ulushi.

Paketlar

Uch SKU — o'lchov bilan sotiladi

ChatGPT 1-o'rin yo'q. Bepul vosita tashxisning teaseri; to'liq hisobot va sprint alohida.

1 hafta

Diagnostic

40–60 UZ/RU prompt bilan ko'r test, mavjud SEO-GEO vosita bali, 10 ta javob-aktiv. O'z o'lchovimiz — raqib da'vosini nusxalamaymiz.

Vosita bepul; yozma hisobot pullik.

30 kun

Sprint 30 kun

Entity/schema, llms.txt har yayinda yangilanadi, FAQ/HowTo. Google Xarita alohida qatorda (Local SEO), GEO paketiga aralashmaydi.

Jarayon ro'yxati; «ChatGPT 1.» yo'q.

Oylik

Retainership

Xuddi shu 50 prompt, citation ulushi, utm chatgpt/perplexity, llms diff. AI Overview kafolati yo'q.

$350–$700 / oy (sayt hajmiga qarab).

Bepul SEO/GEO tekshiruvi →

Natijalar

Aniq nimani topshiramiz?

GEO mavhum va'da emas. Quyidagi bandlar fayl, kod va hisobot ko'rinishida topshiriladi.

llms.txt o'rnatish

Asosiy sahifalar va xizmatlarning Markdown xulosasi. Har yayinda qayta yaratiladi; statik fayl emas.

robots.txt AI bot siyosati

GPTBot, OAI-SearchBot, ClaudeBot, PerplexityBot, Google-Extended va shu kabi botlar uchun bot darajasida aniq qoida. Qaysi botni kiritish biznes qarori; qarorni birga qabul qilamiz va yozma qayd etamiz.

Entity va schema grafigi

Organization @id, sameAs, Service, FAQPage va BreadcrumbList belgilarining o'zaro bog'langan graf sifatida qurilishi. Maqsad: brendingiz nima ekanligining mashina tomonida yagona va izchil ta'rifi bo'lishi.

Iqtibos olinadigan kontent tuzilmasi

Ustuvor sahifalarga aniq javob bloki, ta'rif jumlasi, taqqoslash jadvali va savol-javob qo'shish. Javob tizimlari ko'chirib olinadigan, qisqa va tekshiriladigan bloklarga osonroq iqtibos beradi.

Brend ma'lumotining izchilligi

Nom, tashkil etilgan yil, xizmat ta'rifi, narx oralig'i va aloqa ma'lumoti barcha tillarda va barcha sahifalarda bir xil bo'lishi. Nomuvofiq ma'lumot — AI javoblaridagi noto'g'ri brend ma'lumotining asosiy manbai.

AI ko'rinishini o'lchash

Qat'iy so'rovlar to'plami bilan to'rtta tizimda oylik o'lchov; mention, citation, noto'g'ri ma'lumot va AI referral ko'rsatkichlarini hisobot qilish va keyingi oy ustuvorliklarini belgilash.

Jadval 2 — Topshiriladigan ishlar, muddat va takrorlanish

IshNima qilinadiBirinchi topshirishTakror
AI ko'rinishining boshlang'ich o'lchovi30-50 so'rov, to'rtta tizimda test; mention / citation / noto'g'ri ma'lumot qaydi1-2 haftaOylik
robots.txt AI bot siyosatiBot darajasida ruxsat/taqiq qarori va joriy etish2-3 kunChorakda bir marta ko'rib chiqish
llms.txt o'rnatishHar bir til uchun Markdown xulosa fayli va havolalar xaritasi3-5 kunKontent o'zgarganda
Entity / schema grafigiOrganization, Service, FAQPage, BreadcrumbList bog'langan graf1-2 haftaYangi sahifa qo'shilganda
Iqtibos olinadigan kontent tuzilmasiAniq javob + ta'rif + jadval + savol-javob bloklariSahifa uchun 1-3 kunDoimiy
Brend ma'lumoti izchilligiBarcha tillarda tekshiruv va tuzatish ro'yxati3-5 kunChoraklik
AI ko'rinish hisobotiKo'rsatkichlar jadvali, o'zgarish izohi va keyingi qadamlarOy oxiriOylik

Muddatlar bir tilli, o'rta hajmli sayt uchun. Ko'p tilli va katta saytlarda muddat tillar soniga qarab ortadi.

Va'da emas, dalil

Biz GEO'ni faqat sotmaymiz — o'zimizda qo'llaymiz

Mijozlarga taklif qilishdan oldin buni o'z saytimizda joriy qildik. Har bir bandni o'zingiz tekshirishingiz mumkin.

Jonli llms.txt

AI mijozlar uchun jonli, doimiy yangilanadigan fayl — statik emas, kontent o'zgarganda avtomatik yaratiladi.

https://101digital.uz/llms.txt ↗

AI botlar uchun aniq siyosat

GPTBot, PerplexityBot, ClaudeBot, Google-Extended, anthropic-ai — robots.txt'da har bir bot uchun alohida ruxsat, umumiy qoida emas.

https://101digital.uz/robots.txt ↗

Har bir blog maqolasida 7 blokli sxema

BlogPosting, Article, WebPage, FAQPage, BreadcrumbList, Organization, WebSite — bog'langan belgilash, bitta umumiy teg emas.

hreflang + x-default

Har bir xizmat sahifasi va blog maqolasi Google va AI tizimlari uchun to'g'ri til muqobillariga ega.

O'lchov

AI ko'rinishi qanday o'lchanadi?

GEO'ning eng zaif nuqtasi — o'lchov. Shuning uchun o'lchov usulini va uning chegaralarini boshidan ochiq yozamiz.

Jadval 3 — AI ko'rinish ko'rsatkichlari

Ko'rsatkichNimani o'lchaydiQanday yig'iladiSog'lom yo'nalish
Brend mention ulushiTest so'rovlarining nechtasida brend nomingiz uchraydiQat'iy so'rovlar to'plami, to'rtta tizimda takroriy testOshishi kerak
Citation (manba) ulushiNechtasida sahifangiz manba yoki havola sifatida beriladiO'sha so'rovlar to'plamining javob manbalarini qayd etishOshishi kerak
Noto'g'ri brend ma'lumoti ulushiJavoblarda xato narx, xizmat yoki joylashuv ulushiJavob matnlarini qo'lda tekshirishKamayishi kerak
AI referral trafigichatgpt.com, perplexity.ai kabi manbalardan tashriflarGA4 referral hisoboti va server kirish logiOshishi kerak
AI bot skanerlash hajmiGPTBot, PerplexityBot va boshqa botlarning so'rovlari soniServer kirish logiMuntazam bo'lishi kerak
GSC Generative AI hisobotiAI yuzalarida ko'rsatilish, sahifa, davlat va qurilmaGoogle Search ConsoleKuzatuv uchun

AI javoblari bir xil so'rovda ham seansdan seansga o'zgarishi mumkin. Shuning uchun bitta o'lchovga emas, o'sha so'rovlar to'plamining oylik takroriga va tendensiyasiga qaraymiz.

Search Console Generative AI hisobotining chegarasi: Google Search Console'ning Generative AI hisoboti 2026-yil 3-iyunda ishga tushirildi. Bu hisobot AI yuzalaridagi ko'rsatilish, sahifa, davlat va qurilma kesimini beradi; lekin bosish, CTR va so'rov ma'lumotini BERMAYDI. Ya'ni "qaysi savolda chiqdik" degan savolning javobi bu hisobotda yo'q. Shu sababli o'lchovni o'zimizning qat'iy so'rovlar to'plamimiz bilan to'ldiramiz.

Yo'l xaritasi

Birinchi 30 / 60 / 90 kun

Avval o'lchaymiz va kirishni ochamiz, keyin tuzilmani quramiz, so'ng kengaytiramiz.

Birinchi 30 kun

Boshlang'ich o'lchov va kirish

  • Sohangiz va tillaringizga mos 30-50 so'rovdan iborat qat'iy test to'plamini tuzish
  • To'rtta tizimda boshlang'ich o'lchov: mention, citation va noto'g'ri ma'lumot ulushi
  • robots.txt AI bot siyosatini qarorga bog'lash va joriy etish
  • llms.txt birinchi versiyasini chiqarish
  • Mavjud schema tekshiruvi va brend ma'lumoti nomuvofiqliklari ro'yxati
31-60 kun

Tuzilma va entity

  • Organization / Service / FAQPage / BreadcrumbList entity grafigini qurish
  • Ustuvor 10-15 sahifaga aniq javob bloki, jadval va savol-javob qo'shish
  • Barcha tillarda brend ma'lumoti nomuvofiqliklarini tuzatish
  • Birinchi taqqoslama o'lchov va boshlang'ich holat bilan farq tahlili
61-90 kun

Kengaytirish va hisobot

  • So'rovlar to'plamini qamrovdan tashqarida qolgan mavzular bilan kengaytirish
  • Javoblarda yetishmayotgan mavzular uchun kontent tayyorlash
  • AI referral trafigini GA4 va server logi orqali kuzatish
  • Oylik hisobot tartibini o'rnatish va keyingi chorak rejasini tuzish
Moslik

Bu xizmat kimga mos, kimga mos emas?

Mos

  • Xizmatini tushuntirish uchun bir nechta savolga javob berishi kerak bo'lgan B2B va xizmat kompaniyalari
  • SEO'si ishlayotgan, lekin AI javoblarida umuman uchramaydigan brendlar
  • Narxi, qamrovi yoki joylashuvi AI javoblarida noto'g'ri aytilayotgan bizneslar
  • Uzoq qaror jarayonli sohalar: tibbiyot, ta'lim, ko'chmas mulk, dasturiy ta'minot, B2B ishlab chiqarish
  • Ko'p tilli sayti bor va tillar orasida nomuvofiq ma'lumot yuritayotgan brendlar

Mos emas

  • "Sun'iy intellektda 1-o'rin kafolati" kutayotganlar — bunday kafolat mumkin emas
  • Sayti hali indekslanmagan yoki kontenti yo'q yangi brendlar (avval asosiy SEO)
  • Bir oy ichida o'lchanadigan savdo o'sishini kutayotganlar
  • Xizmat va narx ma'lumotini ochiq ulashishni istamaydigan bizneslar
  • Faqat "yaqinimda" turidagi mahalliy trafikni xohlaydiganlar — bu Mahalliy SEO ishi
Narx

GEO / AI qidiruv ishining narxi

Narx 101digital 2026 xizmat narxlari ro'yxatidagi qidiruvda ko'rinish oralig'iga muvofiq belgilanadi.

$350 – $700 / oy

Aniq narx sayt hajmi, tillar soni va so'rovlar to'plamining qamroviga qarab belgilanadi. Birinchi tekshiruvdan so'ng qat'iy taklif beramiz.

  • Oylik qat'iy so'rovlar to'plami o'lchovi (to'rtta AI tizimi)
  • robots.txt AI bot siyosati va llms.txt xizmati
  • Entity / schema grafigini o'rnatish va yuritish
  • Ustuvor sahifalarni iqtibos olinadigan tuzilmaga keltirish
  • Oylik AI ko'rinish hisoboti va ustuvorliklar ro'yxati
  • Brend ma'lumoti izchilligi tekshiruvi (barcha tillarda)
AI ko'rinish tekshiruvini so'rash
Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

GEO, AI qidiruv va o'lchov haqida eng ko'p beriladigan savollar.

Yo'q. SEO organik reytingda ko'tarilishni, GEO esa yaratilgan javob ichida manba sifatida turishni maqsad qiladi. Ular bir-birining o'rnini bosmaydi; yaxshi SEO asosi GEO ishini osonlashtiradi, lekin yakka o'zi yetarli emas.

Yo'q, va bunday kafolat beradigan taklifga ehtiyot bilan yondashishni tavsiya qilamiz. Google strukturalangan ma'lumot qidiruv natijalarida ko'rinishni yoki reytingni kafolatlamasligini ochiq aytadi. Javob tizimlari manbani o'z modellari asosida tanlaydi. Bizning majburiyatimiz — iqtibos olinish ehtimolini oshiradigan ishlarni bajarish va natijani o'lchab hisobot berish.

Halol javob: Google llms.txt faylidan foydalanishini e'lon qilmagan. Ba'zi AI mijozlari o'qiydi, ba'zilari o'qimaydi. Arzon, zararsiz va sayt tuzilmasini aniqlashtiradigan qadam bo'lgani uchun uni o'rnatamiz; lekin u yakka o'zi natijani belgilamaydi. Asosiy ta'sir kontent tuzilmasi va brend entity aniqligida.

Bu biznes qarori. Kirishni yopsangiz javoblarda manba bo'lish ehtimoli pasayadi; ochsangiz kontentingiz javob tayyorlashda ishlatilishi mumkin. Shu sababli robots.txt'da bitta "hammasiga ochiq/yopiq" qarorini qabul qilmaymiz; bot darajasida birga qaror qilamiz va asosini yozma qayd etamiz.

Tuzilmaviy o'zgarishlarning o'lchovga aks etishi odatda 4-12 hafta. AI javoblari bir xil so'rovda ham o'zgarib turgani uchun bitta o'lchovga emas, o'sha so'rovlar to'plamining oylik tendensiyasiga qaraladi.

AI javobi ko'pincha foydalanuvchini saytga bosishga olib bormaydi; javob ekranda qoladi. Shuning uchun asosiy foyda trafik emas, brend nomingizning to'g'ri kontekstda uchrashi va noto'g'ri ma'lumotning kamayishidir. AI referral trafigini o'lchaymiz, ammo uni asosiy va'da sifatida taqdim etmaymiz.

Ha. GEO ishi kontent va texnik SEO bilan to'qnashmaydi; schema, llms.txt, bot siyosati, brend izchilligi va kontent tuzilmasi qatlamida ishlaydi. Mavjud agentligingiz bilan bo'lishishingiz mumkin bo'lgan ochiq topshiriq va o'zgarishlar ro'yxatini beramiz.

ChatGPT (qidiruv rejimi bilan), Perplexity, Google AI Overview va Gemini. So'rovlar to'plamini sohangiz va maqsadli tillaringizga qarab tuzamiz; O'zbekiston bozori uchun o'zbek va rus tilidagi so'rovlar ham to'plamga kiritiladi.

AI javoblarida ko'rinyapsizmi? Avval o'lchaylik.

Sohangizga mos so'rovlar to'plami bilan birinchi AI ko'rinish tekshiruvini qilaylik; mention, citation va noto'g'ri ma'lumot ulushingizni birga ko'raylik.

AI ko'rinish tekshiruvini so'rash Biz bilan bog'laning

Raqamli marketing lug'ati

Maxsus Taklif

Ketmang! Sizga maxsus taklif

Biznesingiz uchun shaxsiy SEO audit va marketing strategiyasini oling.

  • ✓ Saytingiz SEO tahlili
  • ✓ Raqobatchilar tahlili
  • ✓ Shaxsiy marketing strategiya
Auditni Olish
101digital
Online
Salom! Sizga qanday yordam bera olaman?
Telegram orqali yozing