Biznesingizni Strategik O'sish Bosqichiga Olib Chiqing

Shunchaki maslahat emas, balki aniq natijaga yo'naltirilgan, raqamlar bilan isbotlangan va biznesingizga moslashtirilgan marketing strategiyasi.

50+ Muvaffaqiyatli Case
5 yil Tajriba
25x ROI O'sishi
Jarayon bilan tanishing
Yillik O'sish +127%
Mijozlar
UA
Mk
+5
ROI
x25
Xizmat haqida

Marketing Danışmanlık nima?

Marketing danışmanlık – bu sizning biznesingiz uchun maxsus ishlab chiqilgan marketing strategiyasi va amaliy tavsiyalar to'plami. Bu xizmat orqali siz:

Bozorni tushunasiz

Sizning niche'ingizni, raqobatchilaringizni va maqsadli auditoriyangizni chuqur tahlil qilamiz va sizga aniq ma'lumotlar beramiz.

Muammolarni hal qilasiz

Hozirgi marketing faoliyatingizdagi kamchiliklar va xatolarni aniqlab, ularni tuzatish uchun aniq yo'l ko'rsatamiz.

Strategiya olasiz

Biznesingiz uchun maxsus ishlab chiqilgan, 6-12 oylik marketing strategiyasi va amaliy qadamlar rejasini taqdim etamiz.

Pul tejaysiz

Noto'g'ri yo'nalishlarda pul sarflash o'rniga, samarali usullarni qo'llab, byudjetingizni optimal taqsimlaysiz.

Natija olasiz

Aniq KPI'lar belgilab, qanday natijalar kutish kerakligini va qanday o'lchash kerakligini bilib olasiz.

Yordam olasiz

Faqat tavsiya emas, balki amalga oshirish jarayonida ham qo'llab-quvvatlash va yo'l-yo'riq beramiz.

Kimga kerak?

  • Yangi biznes boshlamoqchi bo'lganlarga
  • Mavjud marketingni yaxshilashni istovchilarga
  • Marketing jamoasi yo'q kompaniyalarga
  • Onlayn savdoni oshirishni maqsad qilganlarga
  • Katta byudjet sarflashdan oldin yo'l-yo'riq kerakligida

Nimani olasiz?

  • Batafsil Hisobot - Professional tahlil hujjati
  • Strategiya Hujjati - Qadam-baqadam reja
  • Amaliy Tavsiyalar - Darhol amalga oshirish uchun
  • 1 oylik qo'llab-quvvatlash - Savol-javob
  • O'lchov ko'rsatkichlari - KPI jadvali
Stsenariylar

Qachon sizga danışmanlık kerak?

Marketing danışmanlık xizmatini quyidagi vaziyatlarda tavsiya qilamiz

01

Biznes boshlashdan oldin

Yangi biznes ochmoqchimisiz? Qaysi kanallar samarali, qanday strategiya tanlash kerak, kim sizning mijozingiz – bularni bilish pul va vaqt tejaydi.

Misol: Ko'chmas mulk agentligi ochmoqchisiz, lekin qayerdan boshlashni bilmaysiz.
02

Marketing natija bermayapti

Reklama qilyapsiz, SMM yuritasiz, lekin sotuvlar oshmaydimi? Ehtimol, strategiya noto'g'ri yoki maqsadli auditoriya aniqlanmagan bo'lishi mumkin.

Misol: Instagram'da reklama qilyapsiz, ammo mijozlar kelmayapti.
03

Raqobatchilar oldinda

Sizning sohangizdagi raqobatchilar Google'da birinchi o'rinda, ularning SMM'i yaxshi ishlaydi. Siz nima qilishingiz kerakligini bilmaysiz.

Misol: Stomatalogiya klinikasi, raqobatchilar Google'da siz yo'qsiz.
04

Byudjet kam, natija kerak

Katta marketing byudjetingiz yo'q, lekin mijozlar kerak. Qaysi kanallar eng tejamli va samarali – buni bilish muhim.

Misol: Startup, oyiga 5-10 mln so'm marketing uchun ajratish mumkin.
05

Marketing jamoasi yo'q

O'zingiz marketing bilan shug'ullanishga vaqt yo'q, doimiy marketerga oylik maosh berish ham qimmat. Danışmanlık optimal yechim.

Misol: O'rta biznes, marketing menejeri yollashdan oldin strategiya kerak.
06

Yangi mahsulot yoki xizmat

Yangi mahsulot yoki xizmatni bozorga chiqarmoqchisiz va uni qanday tanishtirish, qaysi kanallarda reklama qilish haqida fikr kerak.

Misol: Internet-do'kon ochmoqchisiz, marketplaceda sotish yoki o'z sayt?
07

Katta reklama kampaniyasidan oldin

Katta byudjet (50+ mln so'm) sarflashdan oldin, to'g'ri strategiya va kanallarni tanlash uchun professional danışmanlık oling.

Misol: Yangi restoran ochilishi, 100 mln so'mlik reklama byudjeti.
08

Digital ga o'tish

Hozircha offline ishlaydigan biznesingizni onlayn olamga olib chiqish, raqamli marketing bilan boshlashni istaysiz.

Misol: Mahalliy do'kon, onlayn savdo va yetkazib berishni boshlash.
Jarayon

Qanday ishlaydi?

Marketing danışmanlık xizmati 6 bosqichda amalga oshiriladi va 2-3 hafta davom etadi

01
1-kun | Bepul

Dastlabki uchrashuv

Biznesingiz, maqsadlaringiz va hozirgi vaziyatingiz haqida gaplashamiz. Bu uchrashuv mutlaqo bepul va hech qanday majburiyat yo'q.

Nima bo'ladi:

  • Biznesingiz haqida umumiy ma'lumot olamiz
  • Sizning maqsadlaringizni tushunamiz
  • Hozirgi marketing faoliyatni ko'rib chiqamiz
  • Loyiha narxi va muddatini belgilaymiz
  • Shartnoma imzolaymiz (agar kelishsak)
02
3-5 kun

Ma'lumot to'plash

Sizdan kerakli ma'lumotlarni so'raymiz: biznes haqida, mijozlar haqida, raqobatchilar haqida va bozor haqida.

Sizdan kerak:

  • Biznes modeli va mahsulotlar/xizmatlar ro'yxati
  • Maqsadli auditoriya (kim mijozlaringiz?)
  • Hozirgi marketing faoliyati (agar mavjud bo'lsa)
  • Raqobatchilar ro'yxati (bilgan bo'lsangiz)
  • Byudjet va kutilgan natijalar
  • Google Analytics, SMM statistika (agar bor bo'lsa)
03
5-7 kun

Tahlil va tadqiqot

Bozorni, raqobatchilarni, maqsadli auditoriyani va eng samarali kanallarni chuqur tahlil qilamiz.

Nima tahlil qilinadi:

  • Raqobatchilar tahlili: Ularning kuchli/zaif tomonlari, strategiyalari
  • Maqsadli auditoriya: Kim, qayerda, qanday mijozlaringiz
  • Kanal tahlili: Google, SMM, SEO – qaysi biri kerak?
  • Trend tahlili: Sohangizdagi yangi tendensiyalar
  • SWOT tahlili: Biznesingizning kuchli/zaif tomonlari
  • Narx tahlili: Sizning narxlaringiz bozoriga mos keladimi?
04
3-5 kun

Strategiya ishlab chiqish

Tahlil natijalariga asoslanib, sizning biznesingiz uchun maxsus marketing strategiyasini yaratamiz.

Strategiya nima o'z ichiga oladi:

  • 6-12 oylik reja: Har oyda nima qilish kerakligi
  • Kanallar rejasi: Google Ads, SMM, SEO, Email va h.k.
  • Byudjet taqsimoti: Har bir kanalga qancha sarflash
  • Kontent rejasi: Qanday kontent yaratish kerak
  • KPI belgilash: Qanday natijalarni kutish kerak
  • Implementatsiya rejasi: Qadam-baqadam amaliy yo'riqnoma
05
1 kun

Taqdimot va tushuntirish

Tayyor bo'lgan strategiya va tahlilni sizga taqdim etamiz va barcha detallarni tushuntiramiz.

Taqdimot davomida:

  • Professional PDF hisobotni taqdim etamiz
  • Barcha tahlil natijalarini tushuntiramiz
  • Strategiyani qadam-baqadam ko'rsatamiz
  • Har bir kanalni nima uchun tanlanganimizni aytamiz
  • Qanday natijalar kutish mumkinligini bayon qilamiz
  • Savollaringizga batafsil javob beramiz
06
30 kun

Qo'llab-quvvatlash

Strategiyani o'zingiz amalga oshirishda yoki jamoangizga topshirishda yordam beramiz va savollaringizga javob beramiz.

1 oy davomida:

  • Telegram/WhatsApp orqali tezkor javoblar
  • Qo'shimcha maslahatlar (kerak bo'lsa)
  • Implementatsiya jarayonida yordam
  • Texnik savollarga javoblar
  • Strategiyani sozlash (agar kerak bo'lsa)
  • Birinchi natijalarni tahlil qilish
Xizmat tarkibi

Nima olasiz?

Marketing danışmanlık xizmati quyidagi barcha materiallarni o'z ichiga oladi

Raqobatchilar Tahlili

5-10 ta eng kuchli raqobatchi tahlili. Ularning strategiyalari, kuchli va zaif tomonlari.

Auditoriya Portretlari

Sizning ideal mijozlaringizning batafsil portretlari (Buyer Persona). Demografiya, qiziqishlar, xatti-harakatlar.

KPI Jadvali

Qanday ko'rsatkichlarni kuzatish, qanday natijalar kutish va qanday o'lchash kerakligi haqida aniq jadval.

Kontent Rejasi

Qanday kontent yaratish, qaysi mavzular, qanday formatlar (video, rasm, maqola) eng samarali ekanligini ko'rsatamiz.

Byudjet Taqsimoti

Sizning byudjetingizni eng samarali tarzda qaysi kanallarga qancha taqsimlash kerakligi haqida tavsiyalar.

Amaliy Checklist

Nima qilish kerakligini belgilangan ro'yxat. Har bir punktni bajarib, natijaga qadam-baqadam yetasiz.

1 Oylik Qo'llab-quvvatlash

Strategiyani amalga oshirishda yordam, savollaringizga javoblar va qo'shimcha maslahatlar (Telegram/WhatsApp orqali).

Xizmat Modellari

Sizga mos yechimni tanlang

Biznesingiz ehtiyojiga qarab eng mos hamkorlik modelini tanlang

In-House Management

Marketing departamentingizni biz boshqaramiz

Sizda marketing jamoasi bor, lekin samarali boshqaruv, strategiya va yo'nalish yo'qmi? Biz sizning ichki marketing departamentingizni professional darajada boshqarib, maksimal natijaga erishtiramiz.

Bu model nima beradi:

  • Jamoangizni boshqarish CMO (Chief Marketing Officer) darajasida strategik rahbarlik
  • Strategiya va reja Oylik, choraklik va yillik marketing rejalarini ishlab chiqamiz
  • Jamoani o'rgatish Xodimlarni trening qilish, yangi bilimlar berish
  • Jarayonlarni optimallashtirish Marketing workflow, task management, KPI tracking
  • Performance monitoring Barcha kanallarni monitoring qilish va optimizatsiya
  • Tashqi hamkorlar bilan ishlash Dizaynerlar, developer'lar, freelancer'lar bilan muloqot
Kimga mos keladi:
  • O'rta va katta bizneslar
  • Ichki marketing jamoasi bor kompaniyalar
  • CMO yoki Marketing Director kerak bo'lganda
  • Uzoq muddatli strategik hamkorlik

Qaysi model sizga mos kelishini bilmaysizmi?

Bepul konsultatsiya oling. Biznesingizni tahlil qilib, eng mos yechimni tavsiya qilamiz.

Bepul konsultatsiya
Savol-javoblar

Tez-tez so'raladigan savollar

Marketing danışmanlık – bu strategiya, maslahat va yo'l-yo'riq. Biz sizga nima qilish kerakligini aytamiz, lekin o'zingiz yoki jamoangiz bilan amalga oshirasiz.

Marketing xizmati – biz sizning uchun marketing ishlarini bajaramiz (reklama yuritish, SMM, SEO va h.k.).

Danışmanlık – bu "baliq tutishni o'rgatamiz", xizmat – "baliqni o'zimiz tutamiz".

Albatta! Ko'pchilik mijozlarimiz dastlab danışmanlık olib, keyin strategiyani amalga oshirish uchun bizning marketing xizmatlarimizdan foydalanadilar. Bu holda danışmanlık narxi keyingi xizmat uchun chegirma sifatida hisoblanadi.

Ha, mutlaqo bepul va hech qanday majburiyat yo'q. Birinchi uchrashuvda biznesingizni tushunib, sizga qanday yordam bera olishimizni bilib olamiz. Agar kelishmay qolsangiz, hech narsa to'lamaysiz.

Odatda 2-3 hafta. Bu muddatga:
• Ma'lumot to'plash (3-5 kun)
• Tahlil va tadqiqot (5-7 kun)
• Strategiya ishlab chiqish (3-5 kun)
• Taqdimot (1 kun)
Agar tezroq kerak bo'lsa, express rejim ham mavjud (1 hafta, +30% narx).

Bizda 15+ soha bo'yicha tajriba bor: stomatologiya, klinikalar, ta'lim, e-commerce, ko'chmas mulk, IT, restoran, go'zallik sohasi, huquq, ishlab chiqarish va boshqalar. Har bir loyiha uchun o'sha sohaga oid mutaxassislarimiz ishlaydi.

Ikkalasi ham mumkin. START paketda online, PROFESSIONAL va ENTERPRISE paketlarda esa siz tanlaysiz. Toshkentda bo'lsangiz, ofisimizga taklif qilamiz. Boshqa shaharlarda bo'lsangiz, Zoom/Google Meet orqali online.

To'lov 2 qismda:
• 50% – shartnoma imzolagandan keyin (ish boshlanishidan oldin)
• 50% – strategiya taqdim etilganidan keyin

To'lov usullari: bank o'tkazmasi, Click, Payme, naqd (ofisda), yoki dollar hisobidan.

Strategiyamiz to'g'ri amalga oshirilsa, natija beradi. Ammo marketing – bu jarayon va vaqt talab etadi. Birinchi natijalar 1-3 oyda ko'rinadi.

Agar 30 kun ichida savollaringiz bo'lsa yoki strategiyani tushunmagan bo'lsangiz, bepul qo'shimcha danışmanlık beramiz va tushuntiramiz.

Ha, albatta! Biz strategiyani shunday yozamizki, texnik bilimga ega bo'lmasangiz ham tushunasiz. Har bir qadam aniq, sodda tilda va misollar bilan tushuntirilgan. Agar savollar bo'lsa, 1 oy davomida yordam beramiz.

Natijalar biznesingiz, sohangiz va byudjetingizga bog'liq. Ammo o'rtacha ko'rsatkichlar:
• Trafik 2-3 baravar oshishi (3-6 oy ichida)
• Konversiya 30-50% yaxshilanishi
• Marketing xarajatlari 20-40% samarali bo'lishi
• Yangi mijozlar soni 50-100% ko'payishi

Aniq raqamlarni taqdimotda aytamiz (sizning holatlaringizga qarab).

Ha! START paketi aynan kichik biznes va startuplar uchun mo'ljallangan. Hatto 1 kishilik biznes bo'lsa ham, to'g'ri strategiya katta farq qiladi. Biz sizning byudjet va imkoniyatlaringizga mos strategiya taklif qilamiz.

Albatta! Barcha ma'lumotlaringiz mutlaqo maxfiy. NDA (Non-Disclosure Agreement) imzolaymiz va sizning biznes ma'lumotlaringiz, strategiyalaringiz va boshqa ma'lumotlaringiz hech kimga oshkor qilinmaydi.

Yo'q, biz 360° marketing strategiyasini taqdim etamiz. Bu degani, online (Google, SMM, SEO) bilan birga offline (banner, TV, radio, event) kanallar ham tahlil qilinadi. Sizning ehtiyojingizga qarab, barcha kanallarni qamrab olamiz.

Agar filiallar bir xil xizmat ko'rsatsa, umumiy strategiya yetarli. Ammo agar har bir filialda maqsadli auditoriya yoki mahsulotlar farq qilsa, har biriga alohida yondashuv kerak bo'ladi. Buni dastlabki uchrashuvda muhokama qilamiz.

Tahlil uchun: Google Analytics, SEMrush, Ahrefs, SimilarWeb, Meta Business Suite, Telegram Analytics.
Strategiya uchun: SWOT, PESTEL, Buyer Persona, Customer Journey Map, Kanal-kanal tahlili.
Hisobot: PDF, Excel, Google Sheets, Notion (sizning tanlovingizga qarab).

Biznesingizni keyingi bosqichga olib chiqishga tayyormisiz?

Bepul dastlabki danışmanlık oling. Hech qanday majburiyat yo'q, faqat 30-45 daqiqalik suhbat. Biznesingiz haqida gaplashib, sizga qanday yordam bera olishimizni muhokama qilamiz.

Qo'ng'iroq qilish
100% maxfiylik kafolati
50+ muvaffaqiyatli loyiha
5 yillik tajriba